Kassano kuchlilar ro‘yxatiga Ronalduni kiritmadi
Sport
−
19 Oktabr 2021 4859 1 daqiqa
Italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano futbol tarixidagi eng yaxshi beshta futbolchi ro‘yxatini tuzdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, unda Kirishtianu Ronalduning nomi yo‘q.
“Drama yetarli. Krishtianu Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchimi? U hatto kuchli beshlikka ham kirmaydi. Men uchun Lionel Messi, Pele, Maradona, Kroyf va Ronaldo Nazario dunyoning eng yaxshi futbolchilaridir. Agar men yana kimnidir tanlashim kerak bo‘lsa, Marko van Bastenni qo‘shgan bo‘lardim”, deydi Kassano.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” sovrinining besh karra g‘olibi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Antonio Kassano faoliyati davomida “Roma”, “Real Madrid”, “Milan”, “Inter” va “Parma” klubida to‘p tepgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr