Kaspiy dengizidan 100 dan ortiq tyulen jasadi topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Tupkaragan tumani qirg‘oq chizig‘ini, Asan qishlog‘idan Bautino burnigacha monitoring qilish paytida 112 ta Kaspiy tyulenining jasadlari topildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi. 

Boshqarmaga ko‘ra, Asan qishlog‘idan Fort Shevchenko plyajigacha 39 ta, Fort Shevchenko plyajidan Bautino burnigacha 73 ta jasad topilgan.

“3 noyabr kuni Tupkaragan tumanidagi Bautino qirg‘og‘ida topilgan tyulen jasadlari haqidagi xabardan so‘ng, Mang‘istov viloyati Ekologiya boshqarmasining Laboratoriya va analitik nazorat boshqarmasi mutaxassislari Fort-Shevchenko va Bautino qirg‘oqlaridan dengiz suvi namunalarini to‘pladi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Kaspiy tyulenlari – faqat Kaspiy dengizida yashaydigan yagona sutemizuvchi hayvon bo‘lib, ularning uzunligi 1,5 metrcha, og‘irligi esa 80 kilogramm atrofida bo‘ladi. Ular asosan kilkalar va boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Qishda muz ustida bolalaydi va odatda bitta bola tug‘adi. Kaspiy tyulenlari soni keskin kamayib, yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan. Kaspiy dengizida tyulenlarning o‘limi deyarli har yili sodir bo‘ladi. Olimlar turli sabablarni aniqlagan, ammo ko‘p hollarda bu yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarning aniq o‘lim sababini topishning iloji yo‘q. Shu bilan birga, Kaspiy tyulenlari populyatsiyasi keskin kamayib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Tupqarag‘an tumanidagi Kaspiy dengizi sohilida 289 ta o‘lik tyulen topilgan edi. Ilk bor o‘lik tyulenlar haqida qozog‘istonlik bloger va faol Azamat Sarsenbayev o‘z Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Gidrobiologiya va ekologiya instituti ilmiy xodimi Jazira Sidiqovaga ko‘ra, Tupqarag‘an yarimorolining g‘arbiy sohilida Kaspiy tyulenlarining o‘limiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash maqsadida monitoring amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston tyulen' Tupkaragan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing