Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

Jamiyat

image

Bu yilgi OTMlarga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ma’lum qildi/

Qayd etilishicha, kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda:

– test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 11 iyuldan 20 iyulgacha;

– alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha o‘tkaziladi.

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

– bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;

– abituriyentning oliy ta’lim muassasasiga bir marta kelib ketishini ta’minlash inobatga olinadi.

Avvalroq, 2020 yil OTMga kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lishi va 2 ta fandan o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Oliy ta'lim Imtihon

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing