Kasbiy imtihonlar qachon o‘tkazilishi ochiqlandi

Jamiyat

image

2024/2025 o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 5-19 iyul kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijodiy imtihonlar 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan quyidagilar talab etiladi:

  • o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
  • ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borish.

Maqola muallifi

Teglar

imtihon Kasbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made