Kasbi IIB boshlig‘ining “xurmacha” qilig‘i bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov kunning jazirama vaqtida fermerlarni dalada turishga majbur qilgani va keyinroq ularni kishanlatgani haqida xabar bergan edik.

Voqea yuz berganidan 10 kun o‘tib O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi va IIB tomonidan tekshiruv boshlangan.

“Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Oradan bir necha kun o‘tib boshlangan tekshiruv natijalarini kutib qolamiz. Umid qilamizki, tekshiruv yakunida fermerlar “o‘z xohishi” bilan jazirama vaqti dalada turgani yoki IIB boshlig‘i Chori Ko‘charov ularga shunchaki aytganda fermerlar o‘zlari avtobusga chiqib olgani aniqlanmaydi.

Tekshiruvchilar ichki ishlar xodimlari fermerning uyiga nega borganligiga ham aniqlik kiritadi degan, yaxshi niyat bilan kutamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Kasbi fermer

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing