Kasb-hunar maktabi 403 mln so‘mlik davlat xaridini qonunga zid amalga oshirmoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
11 Sentabr
1884Ohangaron shahar kasb-hunar maktabi buyurtmachiligida joriy yilning avgust oyida isitish tizimini ta’mirlash uchun zaruriy mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 403 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Xarid komissiyasining bayonnomasi bilan tanlovda ishtirok etgan 5 nafar ishtirokchidan “Global Trade Stroy Servic”MCHJ tanlov g‘olibi, “Ozod Zavqli Baraka” MCHJ esa zaxiradagi g‘olib deb topilgan.
O‘rganishlarda ushbu xaridda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasi (Baholash mezonlariga va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar), 61-moddasi (Tanlashni o‘tkazish) talablariga zid tarzda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.
“Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomasi bekor qilinishi ta’minlanib, davlat xaridi qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, o‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ Davlat xaridlari portali orqali amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlangandi.