Kasalni yashirsang qimmatga tushasan. Xitoyda yangi jarima joriy etildi

Olam

image

Koronavirus belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilmagan Xitoy fuqarosi 30 ming yuangacha (taxminan 4,3 ming dollar) jarima to‘lashi belgilab qo‘yildi. Bu haqda Xitoyning Sanitariya nazorati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga Sun Yuetsyan ma’lum qildi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, mamlakatga kirish paytida ba’zi fuqarolar ularda koronavirus alomatlari borligini yashirishadi. Ba’zilari dori qabul qilib nazorat-o‘tkazish punktidan "omon" chiqadi.

"Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun 30 ming yuangacha jarima solinadi. Vaziyatni og‘irlashtiradigan holatlarda huquqbuzarlar javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi", deydi Sun Yuetsyan.

Ma’lumot uchun, hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanish holati juda kam kuzatilmoqda. Masalan, oxirgi sutka davomida mamlakatda 39 nafar odamda ushbu virus qayd qilingan. Ularning 38 tasi xorijdan kelgan fuqarolar hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda shu vaqtgacha 82 665 nafar odamda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ularning 77 310 nafari bu kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 3 335 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Koronavirus

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing