Kasaba uyushmalari federatsiyasining 78 yoshli raisi qayta saylandi
Jamiyat
−
01 noyabr 2025 8157 1 daqiqa
Bugun, 1 noyabr kuni Qudratilla Rafiqov 91,9 foiz ovoz bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu yilgi qurultoyda ilk marta rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylangan.
Ma’lumot uchun, Qudratilla Rafiqov 1947 yilda tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi muovini, 1998 yildan 2003 yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinroq “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabrida esa Tanzila Norboyeva o‘rniga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining yangi rahbari etib saylangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyida Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi lavozimiga bir ovozdan qayta saylangandi.
Live
Barchasi