Karmanaga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
16 yanvar
8870Valijon Adizov Yusupovich Navoiy viloyatining Karmana tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 16 yanvar kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdan tashqari yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimiga Adizov Valijon Yusupovichni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirgan.
Ushbu qaror xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Valijon Adizov lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Toshkent viloyatining Bekobod, Andijon viloyatining Izboskan va Namangan viloyatining Chortoq tumanlariga hokimlar tayinlangandi.
LiveBarchasi