Karmanada ota-o‘g‘il is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 18 dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida 30 yoshli erkak va uning 4 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, soat 10:13 larda Karmana tumani, “Sardoba” MFY, Buxoro ko‘chasidagi uyda yashagan S.Ya. va uning o‘g‘li S.A. uxlash maqsadida oshxonaga, turmush o‘rtog‘i M.Ya. esa ikkinchi farzandi A.A. bilan yotoqxonada isitish pechini yoqib, uxlagan. Shundan so‘ng ular pechning mo‘rilaridan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Buning oqibatida S.Ya. va uning o‘g‘li S.A. voqea joyida vafot etgan, M.Ya. va uning o‘g‘li A.A. zaharlanish tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, fuqaro S.Ya. va S.A. ning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, hozirgi kunda M.Ya. va uning voyaga yetmagan farzandi A.A. ning ahvoli o‘rtacha holatda. 

Hodisa sodir bo‘lgan joy tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor xodimlari, tergov-tezkor guruh tomonidan ko‘zdan kechirilib, narsa va ashyolar olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida erkak va uning 2 nafar nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Kecha, 18 dekabr kuni ham Andijon viloyatida 52 yoshli erkak ko‘mirdan chiqqan is gazi oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy is gazi Karmana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing