Karimov davrida inson huquqlari bormidi?

Intervyu

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. 

O‘zbekistonda oxirgi 4 yilda inson huquqlari borasida katta o‘zgarishlar bo‘lgani sir emas. Buni dunyo hamjamiyati ham e’tirof etmoqda. Ammo, hali natijalar uzoq muddatli istiqboldan darak bermaydi. Ular ustida tinimsiz ishlash, har qanday islohot inson va uning manfaatlari uchun ekani odamlar hayotida o‘z ifodasini topishi kerak. 

2016 yilgacha O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi qanday bo‘lgan? Balandparvoz shiorlar ortida haqiqatan ham amaliy natija kuzatilganmi? Karimov davridagi inson huquqlarini bugungisi bilan solishtirish mumkinmi? QALAMPIR.UZ Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, zaxiradagi prokuratura polkovnigi, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xo‘jayeva bilan suhbatda aynan shu masalani ko‘tardi. 

“Jamiyat o‘z o‘tmishi bilan hisoblashmasa, unda demokratiya va inson huquqlarining rivojlanishi qiyin kechadi. Biz buni tarixdan ko‘rganmiz. Siz bundan oldingi davrni ko‘rgan ayol sifatida Islom Karimov rahbarligidagi O‘zbekiston, u davrdagi inson huquqlari va bugungi O‘zbekiston, bugungi inson huquqlariga qanday baho bera olasiz? 2016 yilgacha O‘zbekistonda inson huquqlari so‘zidan boshqa amaliy natija bormidi?”, degan savol bilan Xo‘jayevaga yuzlandik. 

“O‘tmishsiz kelajak yo‘q, deyishadi. Tarixni tadqiq qilish – bu mutlaqo noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Tarixni biz boricha qabul qilishimiz kerak. Uni tekshirib, to‘g‘ri yo noto‘g‘ri demasdan, xatolar o‘tgan bo‘lsa, xulosa qilish, yutuqlar bo‘lsa faxrlanib yashash kerak. Ammo, faqat oxirgi to‘rt yil ichida davlat tomonidan inson xuquqlarini ximoya qilish yo‘nalishidagi ijobiy ishlarni ko‘rmaslik – bu adolatsizlik bo‘ladi deb o‘ylayman. Jamiyatdagi ochiqlik, oshkoralik, Jasliq koloniyasining yopilishi, sud-huquq sohasidagi 100 ga yaqin qonuniy liberallashtirish ishlari, O‘zbekistonning shu yil 13 oktyabrda BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha Kengashiga ilk bor a’zolikka saylanishi – o‘zgarishlarning ifodasi. Albatta, ushbu nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lishimiz – yuksak e’tirof va ishonch, deb o‘ylayman”, deydi Sayyora Xo‘jayeva. 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Inson huquqlari

Baholaganlar

1226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing