Karim Xon AQSH sanksiyalari ostiga tushdi

Olam

image

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Bosh prokurori, Buyuk Britaniya fuqarosi Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning hibsga olinishi bo‘yicha order berilishiga aloqadorligi sababli AQSH sanksiyalar ostiga tushdi. Bu haqdagi qaror AQSH Moliya vazirligi saytida e’lon qilindi.

Bunga qadar “Reuters” manbalari ham Xonga nisbatan sanksiyalar kiritilgani haqida xabar bergandi. Nashrning yozishicha, unga qarshi choralar orasida AQSHdagi aktivlarini muzlatish va o‘zi hamda uning oila a’zolari uchun mamlakatga kirish taqiqi bor. Shuningdek, boshqa shaxslarga nisbatan ham cheklovlar rejalashtirilgani ma’lum qilingan. 

Tramp nega XJSni jazolayapti? north_east

Tramp nega XJSni jazolayapti?

Qayd etish joiz, 2024 yil noyabrda XJS Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan G‘azo sektoridagi ehtimoliy harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish orderlari chiqargan edi. Sud orderlarni berishda Isroilning yurisdiksiyaga qarshi dalillarini rad etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp XJSning o‘z mamlakati va Isroilga qarshi “noqonuniy va asossiz harakatlari”, jumladan, Netanyaxu va Galantga nisbatan hibsga olish orderlari chiqargani uchun ushbu sudga qarshi moliyaviy sanksiyalar haqidagi farmonni imzolagani xabar qilingandi.

Bunga javoban XJS barcha ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha butun dunyo bo‘ylab millionlab begunoh jabrlanuvchilar uchun adolat va umidni ta’minlashni davom ettirishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya Karim Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing