Karim Benzema “Oltin to‘p” uchun kurashda yetakchiga aylandi

Sport

image

“Real Madrid”ning fransiyalik futbolchisi Karim Benzema 2021-2022 yilgi mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda. Benzema PSJ va “Chelsi”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgani butun dunyo futbol ixlosmandlarini hayratda qoldirdi. Natijada, Angliyaning “Goal” nashri tomonidan e’lon qilib boriladigan “Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingida Karim Benzema birinchi o‘ringa chiqib oldi.

“Oltin to‘p”ga nomzod 10 nafar futbolchi bilan tanishing:

1. Karim Benzema (“Real Madrid”) (40 ta gol, 13 ta golli uzatma 2021-2022 yilgi mavsumdagi statistikasi);
2. Robert Levandovski (“Bavariya”) (52 ta gol, 8 ta golli uzatma);
3. Muhammad Saloh (“Liverpul”) (30 ta gol, 15 ta golli uzatma);
4. Kilian Mbappe (PSJ) (40 ta gol, 27 ta golli uzatma);
5. Luka Modrich (“Real Madrid”) (6 ta gol, 10 ta golli uzatma);
6. Sadio Mane (“Liverpul”) (22 ta gol, 4 ta golli uzatma);
7. Kevin De Bryune (“Manchester Siti”) (15 ta gol, 12 ta golli uzatma);
8. Vinisius Junior (“Real Madrid” (17 ta gol, 15 ta golli uzatma);
9. Fil Foden (“Manchester Siti”) (11 ta gol, 13 ta golli uzatma);
10. Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”) (2 ta gol, 21 ta golli uzatma).

Ma’lumot o‘rnida, “Goal”ning 5 aprel kuni e’lon qilgan reytingida Robert Levandovski yetakchilik qilayotgan edi. Shuningdek, yangilangan reytingdagi nomzodlar 20 taligidan Krishtianu Ronaldu tushib qoldi. Lionel Messi esa bu safar ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olmagan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oltin to'p Benzema

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing