Karantindagi 45 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image
Bugun, 3 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 46 nafarga ortib, 3815 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.
 
Ayni paytda O‘zbekistonda 3014 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. 
 
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 786 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing