Karantindagi “Diamond Princess” kemasida 450 kishi koronavirusga chalindi

Olam

image
Xitoydan Markaziy Osiyoga yuk poyezdi jo‘natildi. Unda nimalar bor? north_east

Xitoydan Markaziy Osiyoga yuk poyezdi jo‘natildi. Unda nimalar bor?

Bortida koronavirus aniqlangach Yaponiyaning Yokogama portiga ipsiz bog‘langan “Diamond Princess” kruiz kemasida virus bilan kasallanganlar soni kun sayin ortib boryapti. Bugun, 17 fevral kuni ilk Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlandi.

“Diamond Princess” joriy yilning 5 fevralidan ikki haftalik karantinga tushgan. Kemada jami 3,7 ming atrofida odam bor. Ularning 450 nafari koronavirusga chalingan. Bemorlar soni kun sayin ortib boryapti.

Картинки по запросu "лайнере Diamond Princess"

Kema bortida 400 ga yaqin AQSH va 24 nafar Rossiya fuqarolari ham bor. Hozirgacha 44 nafar amerikalik koronavirus yuqtirgan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

Bugungacha virusdan halok bo‘lganlar 1775 nafarga, u bilan kasallanganlar 71 334 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

virus Diamond Princess

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing