Koronavirus yuqtirib olgan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan

Jamiyat

image
O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi north_east

O‘zbekistonda maktab, bog‘cha va OTMlar karantinga yopiladi

Xabaringiz bor, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Virus yuqtirgan o‘zbekistonlik ayol hozirda karantinga olingan.

Ayol 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan. 14 mart kuni esa shifoxonaga murojaat qilgan. Koronavirus yuqtirgan ayol oliy toifali shifokor bo‘lib, o‘zida virus alomatlarini sezishi bilan Virusologiya institutiga murojaat qilgan.

Ayol bilan bir reysda Parij-Toshkent yo‘nalishida 45 kishi yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi chet el fuqarosi bo‘lgani, tranzit orqali O‘zbekistondan uchib o‘tgan aytilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasida o‘tgan brifingda Bosh vazir Abdulla Aripovning qayd etishicha, ayol bilan aloqada bo‘lganlar, samolyotdagi boshqa yo‘lovchilar va qarindoshlari, jami 150 kishi izolyatsiyaga olingan. Ular orasida uning yaqin qarindoshlari 9 kishini tashkil etmoqda.  

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

2478

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing