Karantindan so‘ng koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Dunyodagi ayrim virusologlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, koronavirus epidemiyasining ikkinchi, hatto uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Agar ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, unda bu holat qanday yuz beradi?

Bugun, 6 may kuni AOKA shtabida o‘tkan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Xabibulla Oqilov ishtirok etdi va mazkur masalaga to‘xtalib o‘tdi.

“Xitoylik hamkasblarning tajribasiga ko‘ra, karantindan so‘ng faqatgina chetdan kelganlarda yangi koronavirus holatlari aniqlanmoqda”, dedi Oqilov.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 60 foizdan oshig‘i shifo topganligi bois, ayrim viloyatlarda karantin cheklovlari yumshatilishni boshladi. Tuman va shaharlar koronavirus bemorlari soni va dinamikasi qarab “yashil”, “sariq” va “qizil” hududlarga ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

452

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing