Karantinda Prezident afv etadimi?

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning turli chekkalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan turli mazmundagi savollar berildi.

Ana shunday savollardan biri Andijon viloyatining Asaka tumanidan yuborilgan bo‘lib, unda, jumladan, shunday deyiladi: “Turmush o‘rtog‘im — mahkum. 2019 yil noyabrda Prizidentimizga avf so‘rab murojaat qilgan. Murojaat ko‘rib chiqilyapti, deb javob kelgan. Endi agar karantin cho‘zilib ketsa, avf berilmaydimi?”

Ushbu savolga Shohrux G‘iyosov batafsil javob qaytardi.

“Agar turmush o‘rtog‘ingiz Prezident nomiga afv etish to‘g‘risida iltimosnoma yozib murojaat etgan bo‘lsa, avf etilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida, murojaat javobi shaxsan mahkumning o‘ziga ma’lum qilinadi. 

“Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning avf etilishi Prezident Qarori asosida amalga oshiriladi”, dedi u.

Ma’lum qilinishicha, mazkur savol bilan JIEBBga — (71) 291-93-04 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yanada batafsil ma’lumot olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident afv

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing