Karantin vaqtida xayriya yordamlari faqat Toshkent shahrida yashovchilar uchunmi?

Jamiyat

image
Bugunning savoli: “Ijtimoiy yordam olish uchun kimga, qanday va qayerga murojaat qilinadi?” north_east

Bugunning savoli: “Ijtimoiy yordam olish uchun kimga, qanday va qayerga murojaat qilinadi?”

Bugun, 6 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda aholi tomonidan yuborilgan qator savollarga javob berildi.

Savollardan birida, jumladan, shunday deyiladi: “Xayriya yordamlari faqat Toshkent shahrida yashovchilar uchunmi? 1197-raqamiga telefon qildim, u yerda menga faqat Toshkent shahri uchun, deb aytishdi. Toshkent viloyati, To‘ytepa tumanida yashayman. Nogironman, 2 nafar farzandim bor, turmush o‘rtog‘im ishlamaydi. 700 ming so‘m pensiya bilan qanday yashay?”

Mazkur savolga Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov atroflicha javob qaytardi.

“Yo‘q, faqat Toshkent shahri uchun emas! Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan yakka tartibdagi xayriya aksiyalari joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatilgan.

Endilikda xayriya aksiyalari markazlashgan tartibda “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaz”lari orqali amalga oshirilmoqda”, dedi u.

G‘aybullo Primovning ta’kidlashicha, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘limlari hokimliklar bilan birgalikda joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma’lumotni hududiy tegishliligi bo‘yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made