Karantin vaqtida ishdan bo‘shatilgan xodimlar huquqini kim himoya qiladi?
Jamiyat
−
09 noyabr 2020
7759O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi bilan o‘rnatilgan qat’iy karantin sabab turli sohalardagi korxona va idoralar xodimlarini ishdan bo‘shatish va to‘lovsiz mehnat ta’tiliga chiqarish holatlari kuzatildi.
Shunday vaziyatda xodimlar huquqlarini himoya qilishi kerak bo‘lgan kasaba uyushmalaridan na bir sado chiqdi, na bir harakati sezildi.
Bugun, 9 noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining (KUF) 5 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ muxbiri karantinda xodimlar huquqi poymol qilingani yuzasidan mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish kerak bo‘lgan tashkilot mas’ullarini savolga tutdi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi Bosh mehnat huquq inspektori, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Jumayev karantin vaqtida xodimlar huquqini himoya qilish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Jumayevning ta’kidlashicha, Prezidentning PF-5969 sonli farmoniga asosan, pandemiya davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib bo‘lmaydigan alohida toifalar belgilangan.
“Hattoki, qisqarish bo‘lgan holatlarda ham sudga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan ishga tiklashga harakat qildik. Agar statistikaga nazar solsak aynan shunday holatlar bo‘yicha 24 ta taqdimnoma kiritganmiz. 24 ta bitta xodimga nisbatan emas, balki butun bir tashkilotga qaratilgan bo‘ladi. Har bir tashkilotda bir nechta xodim bo‘ladi, shu sababli ham ularning barchasini manfaatini o‘ylagan holda 24 ta kiritiladi”, deydi Bekzod Jumayev.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtga qadar 11 ta sud bo‘lib o‘tgan va xodimlarni ishga tiklash bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan. 6 ta taqdimnoma bo‘yicha sud jarayoni ketmoqda. Shuningdek, 14 yoshgacha farzandi bor xodim qisqarishga tushgan bo‘lsa yoki pandemiya sababli ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa, uni ishga tiklash masalasida taqdimnoma kiritilgan. Natijada xodimlar ishga tiklangan.
“Ish beruvchiga kiritilgan taqdimnomamiz ham juda ko‘p hollarda bahsli bo‘lyapti. Taqdimnomani Mehnat kodeksiga asosan kirityapmiz, kodeks bilan tartibga solinmagan o‘rinlarida Prezident farmoniga asosan sudga murojaat qilinyapti. Mehnat qonunchiligini o‘rganish masalasi bo‘yicha ham korxona tashkilotlarga murojaat qilinyapti. Pandemiya boshlanishi bilan ish beruvchilar Mehnat kodeksining 150-moddasiga asosan yoppasiga, xodimni roziligisiz ish haqi saqlanmagan holda mehnat ta’tiliga chiqarib yubordi”, deydi Bekzod Jumayev.
Jumayev bu holatlar qayta ko‘rib chiqilgani va xodimning roziligi bor-yo‘qligi inobatga olinib, unga o‘rtacha ish haqi yoki ish haqining ma’lum qismi to‘lab berilishiga erishilganini ma’lum qildi.

LiveBarchasi