Karantin sabab xorijdagi ishiga qayta olmagan o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
9862Pandemiya davrida joriy qilingan karantin cheklovlari natijasida 500 mingga yaqin yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlardagi ish joylariga keta olmagan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Rahimjon Mahkamov ma’lum qildi.
Ularning 76,2 ming nafariga bandligini ta’minlash xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan:
• 68,7 ming fuqaro jamoat ishlariga jalb etildi va ularning ish haqi to‘lovi uchun 21,8 mlrd so‘m Jamoat ishlari jag‘marmasi hisobidan moliyalashtirib berildi;
• Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar ajratish orqali jami 6,5 ming, shundan 4 minga yaqin (3,9 ming) fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,5 mingdan ziyed (2,6 ming) fuqaro kooperativlarga a’zo sifatida biriktirilib, bandligi ta’minlandi.
Poytaxt va Toshkent viloyati hududidagi qurilish tashkilotlariga respublikaning boshqa hududlaridan qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan, ayniqsa xorijga ishlash uchun keta olmagan 4,5 ming o‘zbekistonliklar tashkiliy tartibda vaxta usulida ishga joylashtirildi.
2020 yilning yanvar–iyun oylari davomida 219 657 nafar fuqarolar mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan. Shundan, 122 805 fuqaro Rossiyadan, 63 636 nafar Qozog‘iston, 7144 nafar Turkiya, 3376 nafar Janubiy Koreya hamda 22697 nafar vatandoshlarimiz boshqa chet davlatlardan qaytgan.
Xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning 201,4 ming nafari uyma-uy yurib o‘rganildi va ularning 100,6 ming nafari (50 foiz) bandligi ta’minlandi.
Rossiyada og‘ir vaziyatda va ishsiz qolgan mehnat migrantlari qo‘llab-quvvatlash uchun “birgamiz.com” va anketa.migration.uz veb saytlari, CALL markaz va telegram kanali joriy etilib, 20,2 mingdan ortiq fuqaroga ishga joylashtirish, huquqiy xizmatlari va moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
LiveBarchasi