Karantin markazida o‘zini osgan fuqaro bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

Jamiyat

image

Biroz avval, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining O‘rtasaroy hududida joylashgan karantin markazida 42 yashar farg‘onalik fuqaro o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. QALAMPIR.UZ ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni aniqladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan fuqaro va karantin markazida saqlanayotgan boshqa shaxslar, shu jumladan, markaz shifokorlari va xodimlari o‘rtasida hech qanday mojaro kelib chiqmagan. Uning o‘z joniga qasd qilishi ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 

Fuqaro joriy yilning 15 iyun kuni charter-reys orqali Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan olib kelinib, karantin markaziga joylashtirilgan. U uch nafar farzandning otasi bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro karantin markazida o‘zi qolayotgan konteynerning shiftiga o‘rnatilgan ventilyatorga o‘zini osgan. 

Eslatib o‘tamiz, voqea joriy yilning 20 iyun kuni tong saharda sodir bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda O'rtasaroy Karantin markazi

Baholaganlar

2749

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing