Karantin kuchaytirilganiga qaramay, koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord yangilandi
Jamiyat
−
28 iyul 2020
19497O‘zbekistonda joriy yilning 10 iyulidan karantin choralari kuchaytirilganiga qaramay, koronavirusga chalinish holatlari kamayishi kuzatilayotgani yo‘q. Aksincha, 27 iyul kuni anterekord yangilandi.
27 iyul kuni mamlakatda 678 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 569 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari og‘ir, 83 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 67 155 nafar, statsionar karantinda esa 25 178 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi