Karantin kuchaytiriladi: niqobsiz transport vositalariga chiqarilmaydi

Jamiyat

image

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko‘rishi belgilandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda. 

Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Avvalroq, Afg‘oniston Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

790

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing