Karantin qoidalariga rioya qilganlarga kuniga 390 dollardan beriladi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani sababli Tokio va shahar atroflarida favqulodda holat joriy etdi. Yangi qoidalar bugun, 8 yanvardan 7 fevralgacha davom etadi. Bu haqda "Kyodo News" xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, Tokio aholisidan iloji boricha uyda o‘tirish va mahsulotlarga internet orqali buyurtma berish so‘ralmoqda. Restoran va barlar mijozlarga soat 20:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Do‘konlar, ko‘ngilochar joylar va sport inshootlarining ish vaqti ham qisqartirilmoqda. 

Kompaniyalarga xodimlarini masofadan ishlashga ko‘chirish yoki smenali ishni joriy etish tavsiya etilgan. 5 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan ommaviy tadbirlar taqiqlangan. 

Qayd etilishicha, cheklovlarni buzadiganlar uchun hech qanday jazo belgilanmagan, ular faqat omma oldida sharmanda etiladi. 

Hukumat barcha talablarni bajarganlarga umumiy ovqatlanish uchun kuniga 40 000 iyenadan (390 dollar) 60 000 iyenagacha tovon puli to‘lashni va’da qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Tokioda kunlik kasallanish darajasi 500 ga tushganda cheklovlarni bekor qilish mumkin bo‘ladi. O‘tgan kun davomida poytaxtda 2 ming 447 nafar koronavirusga chalingan bemor aniqlangan. 

Butun Yaponiya bo‘ylab 24 soatda 6 ming 4 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan, bu pandemiya boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich. 

Manbaga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 epidemiyasining uchinchi to‘lqini davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio

Baholaganlar

510

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing