Karantin davrida “tonirovka” masalasi nima bo‘ladi?
Olam
−
11 aprel 2020
10514Avtoransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnoma muddati karantin davrida uzaytirilmaydi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifing paytida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov aytib o‘tdi.
“Mazkur nizom talablarida va amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda karantin davrida yoki boshqa holatlarda ruxsatnoma muddatini uzaytirish nazarda tutilmagan. Bu holat qoidabuzarlik hisoblanadi”.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi “Tusi o‘zgartirilgan, qoraytirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish tartibiga solish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan belgilangan to‘lov asosida avtoransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan.
LiveBarchasi