Karantin buzganlik uchun to‘langan jarimalar miqdori 100 million so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar joriy etilgan qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 14 968 ta holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 martga qadar mamlakat ma’muriy sudlari tomonidan jami bo‘lib 289 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlar ko‘rib chiqilgan. Shundan 274 nafar shaxsga nisbatan jami 107 876 250 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 172 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing