Karantin bilan o‘tgan 2020 yilda O‘zbekistonda qancha oila buzilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
11768Koronavirus pandemiyasi sabab o‘rnatilgan karantin sharoitida odamlar ko‘p vaqtini uyda o‘tkazgan 2020 yilda O‘zbekistonda 28,2 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2019 yildagiga qaraganda kam.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p nikohdan ajralgan Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. O‘tgan davrga nisbatan oilaviy ajrimlar holati kamaygan.
Har mingta oilaga nisbatan eng kam nikohdan ajrashganlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,5), Qashqadaryo (0,6), Xorazm (0,6) va Surxondaryo (0,6) viloyatlarida kuzatilgan.
Ta’kidlanishicha, 2020 yilda kuzatilgan jami oilaviy ajrimlarning yarmida er-xotin o‘rtasida farzand bo‘lmagan, ajrashgan oilalarning 29,3 foizida bitta farzand hamda 20,6 foizida ikki va undan ortiq farzand bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda 31,4 mingta nikohdan ajralish holati qayd etilgan.
Avvalroq, 2020 yilda O‘zbekistonda 180 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi