Kapadzening keyingi ish joyi “Navbahor”mi?
Sport
−
31 Oktabr
5697Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik taniqli murabbiy Temur Kapadze keyingi mavsumdan Namanganning “Navbahor” klubini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Tarmoqda tarqalgan xabarga ko‘ra, hozirda "Navbahor" va Kapadze o‘rtasidagi muzokaralar final bosqichiga chiqqan. Tez orada mutaxassisning Namanganda ish boshlashi tasdig‘ini topadi.
QALAMPIR.UZ yuqorida keltirilgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Kapadzening o‘zi bilan bog‘landi.
“Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Aniq bir narsa deya olmayman. Hozir Moskvadaman. O‘zbekistonga qaytganimdan keyin hammasi aniq bo‘ladi”, deydi Kapadze.
Ma’lumot uchun, Temur Kapadze O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi hisoblanadi. 43 yoshli murabbiyning qo‘li ostida o‘zbekistonlik futbolchilar tarixda ilk bor Olimpiadaga chiqishni uddaladi.