Kante “Oltin to‘p”ni yutish imkoniyati haqida gapirdi
Sport
−
08 iyun 2021
6185Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante jurnalistlarga “Oltin to‘p”ga bo‘lgan munosabati, mavsumdagi yurishi hamda kelajagi borasida intervyu berdi. Bu haqida Angliyaning mashhur “Goal.com” portali xabar berdi.
“Mavsum ancha omadli kechdi, jamoamiz bilan ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tdik, qiyinchilikka uchradik, biroq yakunda YeCHLda chempion bo‘ldik. Ha, quvonchimiz cheksiz, bunda butun jamoaning hissasi bor. Shu sababli, “Oltin to‘p”ni yutishing mumkinmi, deb so‘rashlari tabiiy Bu ajoyib mukofot, lekin menimcha, taxmin qilishga hali erta. Sababi hali mukofot topshirilishiga kamida 5 oy bor. Nomzodlar orasiga boshqalar qo‘shilishi, favoritlar o‘zgarishi mumkin. Shu sabab shoshilmagan ma’qul”, deydi fransiyalik futbolchi.
Kantening ta’kidlashicha, Yevro-2020 yakunida ko‘p narsa oydinlashishi mumkin. Shuningdek, Kante bu mukofot uning uchun oliy maqsad emasligini ham aytgan.
Ma’lumot uchun, Ngolo Kante Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali hamda finalida “O‘yinning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgandi, shuningdek, unga YeCHLda “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi” sovrini ham taqdim etildi.
LiveBarchasi