Kante Saudiya klubiga tekinga o‘tib ketishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante erkin agent sifatida Saudiyaning “Al-ittihod” klubiga o‘tib ketishi mumkin. Bu haqda taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, arablar delegatsiyasi Kantening vakillari bilan bog‘lanish uchun Londonga yetib borgan. Shartnomasi shu yozda yakuniga yetadigan 32 yoshli fransiyalik futbolchining transfer masalasi yakuniy bosqichda. 

“Al-ittihod”ning N'Gologa taklif qilayotgan shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u bu vaqt ichida yiliga 100 million yevrodan ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi jarohati sabab avgust oyidan beri maydonga tushmayotgandi. U mart oyiga kelibgina klub o‘yinlarida ishtirok etishni boshladi. Kante londonliklar safida jami 265 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Kante

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing