ESPN “orzular jamoasi”ni e’lon qildi 

Sport

image

ESPN nashri eng yaxshi 100 nafar futbolchi va bosh murabbiylarning yillik reytingini e’lon qildi.

Bundan tashqari eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa aniqlandi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi murabbiy germaniyalik Tomas Tuxel deb topildi. 48 yoshli mutaxassis “Chelsi”ni UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirdi. Shuningdek UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak esa ovoz berishda Janluiji Donnarumma va Manuyel Noyerni ortda qoldirdi.

PSJ futbolchisi Ashraf Hakimi eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi bo‘ldi. Marokashlik o‘yinchi bu reytingda Trent Aleksandr Arnold va Joau Kanseluni ortda qoldirdi.

“Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diash esa Markinos va Jorjo Kellinidan ustun keldi.

Chap qanoti himoyasida “Liverpul” futbolchisi Endryu Robertson, markaziy yarim himoyada Ngolo Kante, hujumkor yarim himoyada Kevin de Bryuyne va Sadio Mane alohida ajralib turadi.

Vanihoyat, “Oltin to‘p” g‘olibi Lionel Messi eng yaxshi hujumchi, Robert Levandovski esa eng yaxshi to‘purar sifatida sifatida ESPN ramziy jamoasidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 noyabr kuni Lionel Messi faoliyatida 7-marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. Mukofot topshirilganidan so‘ng, Messi Levaning o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Levandovski Tuxel' Kante Hakimi ESPN Diash

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing