Kanoechilar O‘zbekiston hisobiga o‘n uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

1000 metrga kanoechi yigitlar o‘rtasida kechgan poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu medal O‘zbekiston delegatsiyasi uchun bugun qo‘lga kiritilgan ikkinchi oltin medal. 

Shuningdek, bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ayollar jamoasi ham ishtirok etdi. 200 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida startga chiqqan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq veloshossening shaxsiy poyga dasturi bahslarida ishtirok etgan Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni olib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari kanoeda eshkak eshish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing