Kannavaro Milliy futbol markazi bilan tanishdi
Sport
−
06 Oktabr 2025 2916 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Fabio Kannavaro Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida qurilgan Milliy futbol markaziga bordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohligida Milliy futbol markazidagi shart-sharoitlar, mashg‘ulot maydonlarining holati bilan tanishgan.
Ma’lumot uchun, Jahon chempioni hamda “Oltin to‘p” sohibi O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Italiyalik mutaxassis mazkur lavozimni egallash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birga Toshkentga yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi