“Kanelo” WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi
Sport
−
18 noyabr 2021
2815Professional boksning super o‘rta vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares (57-1, 39 KO) birinchi og‘ir vazn chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bu haqda Butunjahon boks kengashining (WVC) yillik kongressida malum qilindi.
“Kanelo”ning murabbiyi Eddi Reynoso WVC tashkilotidan shogirdining birinchi og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni Ilunga Makabu (28-2, 25 KO) bilan bo‘ladigan jangini tashkil qilishni so‘ragan va Prezident Maurisio Sulaymon jangni tasdiqlagan.
“Bu juda katta syurpriz. WVC bir ovozdan Kaneloning birinchi og‘ir vazn toifasida Jahon chempionligi uchun jangini ma’qulladi”, deydi Sulaymon.
Makabu o‘zining so‘nggi jangini 2020 yilning dekabr oyida Olanrevaju Durodolaga qarshi o‘tkazgan va nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Saul Alvares esa so‘nggi jangida Kaleb Plantni nokautga uchratib, mutlaq Jahon chempioniga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, Makabudan avval WBC chempionlik kamari ukrainalik Aleksandr Usikka tegishli edi. Usik barcha kamarlarni (WBC, WBA, IBF, WBO) qo‘lga kiritganidan so‘ng, ulardan voz kechib, super og‘ir vazn toifasiga o‘tgan.
LiveBarchasi