Kanadalik qo‘shiqchi “The Weeknd” falastinliklarga 2,5 mln dollar xayriya qildi
Olam
−
02 dekabr 2023
5819"The Weeknd" taxallusi bilan tanilgan kanadalik qo‘shiqchi Abel Tesfaye G‘azodagi gumanitar yordam harakatlariga o‘z hisobidan 2,5 million AQSH dollari o‘tkazdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, to‘rt million oziq-ovqatga teng bo‘lgan ushbu xayriya 820 metrik tonna oziq-ovqat posilkalarini moliyalashtiradi. Bu esa 173 000 dan ortiq falastinlikni ikki hafta davomida boqishi mumkin.
7 oktyabrda qurolli to‘qnashuv boshlanganidan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi mahalliy va mintaqaviy amalga oshiruvchi hamkorlar bilan kelishilgan holda 764 000 dan ortiq falastinliklarga oziq-ovqat yordami ko‘rsatdi. Oziq-ovqat yordamiga yangi non, boyitilgan xurmo, konserva, bug‘doy uni, makaron, tomat pastasi va yog‘ kiradi.
“Biz Abelga Falastin xalqiga ko‘rsatgan saxovati uchun minnatdorlik bildiramiz. Umid qilamizki, boshqalar ham Abeldan o‘rnak olishadi va bizning sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Jahon oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha direktori Korin Fleysher.
2021 yil oktyabr oyida BMTning yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan Abel Tesfaye 1,8 million AQSH dollari miqdoridagi shaxsiy xayr-ehsonlar va AQSH Jahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorlikda tashkil etgan gumanitar jamg‘armasi orqali Jahon oziq-ovqat dasturining ochlikka qarshi kurash bo‘yicha global missiyasini faol qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi