Kanadada sobiq maktab hududidan 169 nafar bolaning jasadi topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kanadaning Alberta provinsiyasi shimolidagi sobiq maktab-internat o‘rnida 169 ta qabr topildi. Bu haqda Shimoliy Alberta mahalliy xalqlari yetakchisi Sidni Xelkrou ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qabrlar georadar va dron yordamida ish olib borish jarayonida aniqlangan. 

“Kichik jangchilarimiz ularni topishlarini kutishardi. Endi ular xotirjam dam olishadi. Bitta qabrning topilishini ham tushuntirib bo‘lmaydi. Bir qanchasining topilishini shunchaki izohlab bo‘lmaydi”, degan Xelkrou.

169 ta bolaning jasadi Muqaddas Bernard missiyasi internatidan topilgan.

Alberta universiteti qoshidagi mahalliy xalqlar arxeologiyasi instituti direktori Kisha Supernantning aytishicha, 54 ta qabr monastir yaqinida, qolgan 115 tasi esa jamoat qabristonida joylashgan. 

“Bu bolalarning har biri mehribon oilaning a’zosi. Ularning o‘limi uchun hech kim javobgarlikka tortilmagan”, degan Supernant.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada

Baholaganlar

1792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing