Kanadada sirli monolit topildi

Olam

image

Kanadaning Toronto shahrida ilgari bir qator mamlakatlarda kashf etilgani kabi yana bir sirli monolit paydo bo‘lgan. Bu haqda "CTV News" xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ontario ko‘li yaqinida 31 dekabr kuni ertalabgacha taxminan 3,5 metr balandlikdagi ob’ekt sirli ravishda paydo bo‘lgan. 

Tuzilishiga ko‘ra, monolit sayyoramizning boshqa joylarida, xususan, Amerikaning Yuta shtatidagi cho‘lda oldin topilgan monolitlarga o‘xshaydi. 

"Hozirda biz bu jamoat xavfsizligiga tahdid soladi, deb o‘ylamaymiz. U zudlik bilan olib tashlanmaydi. Biz kelgusi hafta dam olish kunlari qo‘shimcha baholashlarni o‘tkazamiz va kerakli qo‘shimcha choralarni ko‘ramiz", degan shahar ma’muriyati vakili. 

Ma’lumot o‘rnida, avval Germaniya, Gollandiya, AQSH, Ruminiya, Buyuk Britaniya va Boliviyada bir nechta yorqin monolitlar paydo bo‘lgan. 

Xuddi shunday monolit Ispaniyada ham topilgan, ammo u yerdagi topilma allaqachon tushib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada monolit

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing