Kanadada noma’lum kasallik avj olgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kanadaning Nyu-Brunsvik provinsiyasida nevrologik alomatlari bo‘lgan noma’lum kasallik avj olgani aniqlandi, hozirgacha bu kasallikdan olti kishi vafot etgan. Bu haqda “The New York Times” xabar bergan.  

Kasallik birinchi marta 2015 yilda aniqlangan, o‘shandan beri provinsiyaning 48 nafar fuqarosida alomatlar qayd etilgan va olti kishi vafot etgan. Shu bilan birga, shifokorlar tashxisni aniqlay olmagan. 

Xususan, bemorlarda uyqusizlik, gallyutsinatsiyalar, mushaklarda og‘riq, aqli zaiflik, depressiya, xavotir va ko‘rish qobiliyati buzilishi qayd etilgan. O‘tkazilgan testlar bemorlarda miya atrofiyasi va nevrologik disfunksiyani aniqlagan. 

Ta’kidlanishicha, bemorlar 18 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lib, ular asosan Nyu-Brunsvikning ikkita tumanida yashaydi. Hozirda shifokorlar tashxis ustida ishlashni davom ettirmoqda. Nevrolog Nil Keshman kasallarning ahvolini dahshatli deya ta’riflagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing