Kanadada musulmon oilaning 4 a’zosi terakt qurboni bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 6 iyun kuni Kanadaning Ontario provinsiyasidagi London shahrida mikroavtobus haydovchisi piyodalar yo‘lagidagi odamlarni qasddan bosib ketdi. Natijada 4 kishi halok bo‘ldi va bir odam jiddiy jarohatlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning bari bir musulmon oila a’zolari bo‘lgan. Hodisada 44 va 74 yoshlardagi ikki ayol, 46 yoshli erkak va 15 yoshli qiz halok bo‘lgan. Oilaning yana bir a’zosi 9 yoshli bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 

Hujumni uyushtirishda gumonlangan 20 yoshli Nataniel Veltman hibsga olingan. Unga to‘rtta qotillik va bitta qotillikka urinish ayblovi qo‘yilgan.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat islomofobiya sabab sodir etilgan. Hodisa avvaldan rejalashtirilgan va qasddan sodir etilgan harakat bo‘lgan va bu musulmon oilasi qotil nishoniga aylangan.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bir musulmon oilaning to‘rt a’zosining bu tarzda o‘ldirilishini terrorchilik hujumi, deb baholagan.

“Ular shafqatsiz, qo‘rqoq, manqurtlarcha zo‘ravonlik harakati natijasida halok bo‘ldi. Bu qotillik tasodifiy emas edi”, degan Tryudo Kanada parlamentining Vakillar palatasiga murojaatida.

 


Maqola muallifi

Teglar

terakt Kanada

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing