Kanadada kran qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kanadaning Kelouna shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uyga biriktirilgan qurilish krani qulab tushishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bergan.  

Politsiya inspektori Adam Makintosh kran qulab tushganda uning yonida bir necha ishchilar borligini ma’lum qilgan. U qurbonlar va jarohatlanganlar soni haqida batafsil ma’lumot bermagan, biroq bir kishi bedarak yo‘qolganini aytgan. 

“Voqea joyida yoki o‘sha atrofda ishlaganlarning qarindoshlari va do‘stlari hozir xavotirda bo‘lishi mumkin. Tegishli baholashlardan so‘ng biz keng jamoatchilikka bayonot beramiz”, degan Makintosh.

Ta’kidlanishicha, kran qulashi oqibatida bir nechta qo‘shni binolar ham zarar ko‘rgan. Politsiyaga ko‘ra, hudud beqaror va xavfli bo‘lib qolmoqda, unga kirish cheklangan. 

Avvalroq, Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida mehmonxona qulab tushishi oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘lgani, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Kanada kran

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing