Xitoyda mehmonxona qulashi oqibatida 8 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
13 iyul 2021 7427 1 daqiqa
Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida mehmonxona qulab tushishi oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Suchjou shahri ma’muriyati xabar bergan.
“12 iyul kuni Suchjou shahrining Uszyan tumanidagi Four Seasons Siji Kaiyuan mehmonxonasining yordamchi binosi qulab tushdi. Jarohat olganlarni davolash, qurbonlar sonini kamaytirish va ikkilamchi ofatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rildi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, qutqaruv ishlariga 600 dan ortiq odam, shu jumladan qutqaruv guruhlari va 120 ta avtomobil safarbar qilingan. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni topish uchun kranlar, narvonlar, metall kesuvchi dastgohlar va qidiruv itlaridan foydalanmoqda.
Ayni paytda kamida olti kishi qutqarilgani bo‘yicha ma’lumotlar bor. Binoning qulashi sabablari aniqlanmagan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr