Kanadada xunrezlik. Noma’lum erkak 16 kishini otib tashladi

Olam

image

Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida joylashgan Portapik shahrida xunrezlik sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 51 yashar Gabriel Uortman odamlarga qarat o‘t ocha boshladi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak xuddi politsiya xodimiga o‘xshab kiyinib olgan. Ammo u politsiyachi emasligi aytilmoqda. Erkakni qo‘lga olish paytida katta otishma chiqqan. Oqibatda 23 yashar politsiya xodimi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning hamkasblaridan biri esa og‘ir yaralangan va shifoxonaga olib borilgan.

So‘nggi soatlarda CTV News telekanali bergan xabarlarga ko‘ra, otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan.

Politsiya komissari Brenda Laki 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlari hozirda otishma terrorizm bilan bog‘liqligiga ishonmasligini ma’lum qilgan.

Otishma sodir etgan erkak yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Kanadada Shotlandiya

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing