Kanadada ikki kishini o‘ldirgan reper umrbodga qamaldi 

Madaniyat-san’at

image

24 yoshli kanadalik reper Tayrel Nguen (T-Sav) ikki kishini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CBS nashri xabar berdi.

Britaniya Kolumbiyasi Oliy sudi Tayrel Nguenning jinoiy guruhlardan biriga a’zoligi va ikki kishini o‘ldirgani haqida  o‘zining qo‘shig‘ida iqror bo‘lganini ma’lum qilgan. Shunungdek, reper  o‘z ijodi davomida  2017 yilda gangster Rendi Kanning o‘ldirilishiga oid bir qator tafsilotlarni ishtirokchilarning ism-shariflarini aytmasdan ochib bergan.

"Oliy sud sudya Rendi Kanni o‘ldirish ifodalangan Tayrel Nguen klipini dalil sifatida keltirish mumkin degan xulosaga keldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga  ko‘ra, reper yana ikki kishini, ya’ni  Kanning akasi va uning yordamchisini o‘ldirishga urinishda ham ayblangan.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kanada reper

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing