Kanadada g‘ayritabiiy issiqdan vafot etganlar soni 700 dan oshdi
Olam
−
03 iyul 2021
8271Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida g‘ayritabiiy issiqlik tufayli 719 kishi vafot etdi. Bu haqda provinsiyaning bosh sud-tibbiyot eksperti Liza Lapoynt xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida politsiya Britaniya Kolumbiyasining turli shaharlarida fuqarolarning to‘satdan o‘lishi bilan bog‘liq 719 ta holatni qayd etgan.
“So‘nggi bir hafta ichida Britaniya Kolumbiyasida kuzatilgan ob-havoning keskin sharoiti o‘lim sonining ko‘payishiga katta hissa qo‘shmoqda”, degan Lapoynt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan jumadan payshanbagacha sud-tibbiyot xizmati provinsiya bo‘ylab to‘satdan va kutilmagan o‘limlar haqida ko‘plab xabarlarni olgan. Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Lutton aholi yashash punkti tabiiy o‘rmon yong‘ini oqibatida deyarli butunlay vayron bo‘lgandi.
Avvalroq, Kanadadagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida jazirama tufayli 500 ga yaqin odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Bungacha, Kanadada misli ko‘rilmagan harorat ko‘rsatkichlari qayd etilayotgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi