Kanadada aholi Bosh vazirni tosh bilan “siyladi” (video)

Olam

image

Kanadada namoyishchilar mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudoga bir hovuch mayda tosh otdi. Bu haqda mahalliy CBC telekanali xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, hodisa saylovoldi yig‘ilishidan keyin, Tryudo avtobusga o‘tirmoqchi bo‘lganida sodir bo‘lgan. Bosh vazirni namoyishchilar o‘rab olgan, so‘ng olomon orasidan bir hovuch mayda tosh uchib kelgan. 

Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, u jarohat olmagan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu Liberal partiya rahbarining norozilik namoyishlari bilan kechgan birinchi uchrashuvi emas. Bundan avval, norozilik namoyishlari tufayli mitinglardan biri bekor qilinishi kerak bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mayda tosh otgan odamlar koronavirusga qarshi emlanishga qarshi chiqqan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kanadada joriy yilning 20 sentyabrida muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Jastin Tryudo 2015 yilning 4 noyabridan buyon Kanada Bosh vaziri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada Tryudo

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing