Kanada Ukrainaga 32 mln dollarlik yordam paketi e’lon qildi
Olam
−
26 fevral 2023
4080Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli Ukrainaga 32,5 million dollar miqdorida yordam paketi ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida keltirilgan.
Qayd etilishicha, 32,5 million dollarning 7,5 million dollari Ukrainani minalardan tozalashga, 13 million dollari jinsiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikka, 12 million dollari kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlarga qarshi kurashga yo‘naltiriladi.
"Kanada Ukraina suverenitetini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi", deydi Joli.
Shuningdek, Kanada AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqini o‘z ichiga olgan Ukrainada sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha maslahat guruhiga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Kanada hukumati Ukrainaga bosqinning bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar paketini joriy qilgandi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil fevralidan beri Kanada Ukrainaga 5 milliard dollardan ortiq, jumladan, 2,6 milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam, 1,2 milliard dollardan ortiq harbiy yordam, 320 million dollarlik gumanitar yordam, qurilish uchun qo‘shimcha 96 million dollar va xavfsizlik va barqarorlik uchun 73,8 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.
LiveBarchasi