Kanada rossiyalik tadbirkor va harbiylarni “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Olam
−
09 may 2022
3533Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga yana 40 nafar rossiyalik jismoniy shaxsni, jumladan, tadbirkorlar va harbiylarni qo‘shdi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga, xususan, “Lukoyl” sobiq prezidenti Vagit Alekperov, “Sberbank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Olga Golodets, Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-polkovnik Yunus-Bek Yevkurov, general Sharip Delimxanov, Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov qo‘shilgan.
Qayd etilishicha, Tryudo va Zelenskiy jahon hamjamiyatining Rossiyaning Ukrainaga hujumiga javoban Rossiya Federatsiyasiga qarshi qattiq va uzoq muddatga mo‘ljallangan sanksiyalar joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 may kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga borgandi.
LiveBarchasi