Kanada Bosh vaziri o‘lkada islomofobiya kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi (foto)
Olam
−
01 fevral 2024
875730 yanvar, seshanba kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Kanadada yashovchi musulmonlar bilan uchrashdi. Bu haqda Kanada yetakchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
"So‘nggi oylarda Kanadada musulmonlarga nisbatan nafrat so‘zlari, kamsitish va islomofobiya dahshatli darajada o‘sdi", degan Tryudo.
Uning qayd etishicha, hech bir musulmonning muammolari e’tibordan chetda qolmaydi.
“O‘tgan bir necha oy musulmon va arab kanadaliklar uchun oson bo‘lmadi. Bugun men bilan gaplashgan va men bilan muammolarini baham ko‘rganlar – sizning dardingiz, qo‘rquvingiz va azobingiz e’tibordan chetda qolmadi. Men sizni eshitaman va barchasini yaxshilash uchun faoliyatimizga jiddiy yondashaman”, degan u.
Kanadaning Kvebek shahridagi masjidga hujumdan yetti yil o‘tib, musulmon jamoa bilan uchrashar ekan, Tryudo ular bilan birga bo‘lishi, jamiyatdagi islomofobiya illatini yo‘q qilishda yelkadosh ekanini aytdi.
“Biz musulmon do‘stlarimiz va qo‘shnilarimiz bilan birgamiz. Islomofobiyani yo‘q qilish va sizning jamoalaringiz, uylaringiz, ibodatxonalaringizning xavfsizligini ta’minlashga sodiq qolamiz”, degan 52 yashar Kanada Bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tryudo Eronni dunyoni beqarorlashtirishda ayblagan edi.
LiveBarchasi