Kanada Bosh vaziri koronavirusga oid xushxabarni e’lon qildi
Olam
−
04 may 2020
14523Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning ma’lum qilishicha, kanadalik mutaxassislar koronavirusni davolash uchun yaroqli bo‘lgan antitanani aniqlagan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Biz ushbu virusni davolash uchun dorilarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan antitanani topdik”, dedi bosh vazir.
Shuningdek, u hukumat ushbu kompaniyaning mutaxassislariga rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun 122 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratilganini ta’kidladi. Aniqlik kiritilishicha, preparatni klinik sinovlari iyul oyida boshlanadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada koronavirus bilan kasallanganlar soni 57 148 kishiga yetgan, infeksiya sababidan 3 606 bemor vafot etgan.
LiveBarchasi